Samarqand va Samara shaharlari o‘rtasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-04-17 21:40:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov Samara shahar okrugi rahbarining birinchi o‘rinbosari Yuliya Ashurkova boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muloqot davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish bilan bir qatorda, turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvning muhim natijalaridan biri sifatida Samara shahar okrugi ma’muriyati huzuridagi Turizm, tadbirkorlik va savdo departamenti hamda Samarqand shahar hokimligi o‘rtasida turizm sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Mazkur kelishuv ikki hudud o‘rtasida sayyohlar almashinuvini kengaytirish, qo‘shma turistik loyihalarni amalga oshirish va sohada tajriba almashishni rivojlantirishga xizmat qiladi.


