"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilinmoqda
2026-03-31 20:00:00 / Yangiliklar

Samarqanddagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilinmoqda. Jumladan, Samarqand shahridagi 55-umumta'lim maktabida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari 1–11-sinflar bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida yosh guruhlari kesimida tashkil etilmoqda.
Dastlabki bosqichda o'quvchilar tezlik va kuchlanish imkoniyatlari, harakatlarni muvofiqlash va egallangan amaliy ko‘nikmalarga qaratilgan ixtiyoriy talablar bo‘yicha sport sinovlarini topshirishdi.
"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar my.sport.uz (http://my.sport.uz/) orqali qabul qilinadi.


