Pokizalik posbonlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi
2026-03-31 11:48:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun viloyat va shahar hokimi tashabbusi bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirida Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboyev va shahar hokimi Fazliddin Umarov hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida boshqarma tizimida faoliyat yuritayotgan 20 nafar kam ta'minlangan xodimlarning farzandlari uchun sunnat toʻylari ham oʻtkazib berildi.




