“Xavfsiz va sog‘lom yurt”
2026-03-30 17:44:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 1 martidan 1 aprelga qadar o‘tkazilayotgan shu nomdagi maxsus profilaktik tadbir doirasida Samarqand shahar IIO FMB Probatsiya xizmati tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, probatsiya hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslar bilan Samarqand shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi mas’ullari ishtirokida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada shahardagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. Ishlash istagini bildirgan nazorat ostidagi shaxslarga tegishli tartibda yo‘llanmalar berildi.
Bu kabi tadbirlar orqali fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni jamiyatga qayta moslashtirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


