Samarqand shahrida “Hokim Olimpiadasi” sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda
2026-03-29 10:25:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrida “Hokim Olimpiadasi” sport musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilmoqda
Samarqand shahridagi 2-son sport maktabida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalarining taekvondo bo‘yicha shahar bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Unda 12-14 yoshdagi o‘g‘il va qizlar 12 vazn roifasi bo‘yicha qizg‘in bahs olib borishdi. Yakunda musobaqa gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirladi.
Eʼtiborlisi, taekvondo VT bo‘yicha viloyat miqyosida o‘tkazilgan tuman-shahar bosqichlarida sport maktablaridan 653 nafar, umumtaʼlim maktablaridan 186 nafar yosh va umidli sportchilar o‘z iqtidorini namoyon etishdi. Dastlabki bahslarda birinchilikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘l olishdi.


