Samarqand shahar prokurorining aholiga yo‘llagan murojaatnomasi
2026-03-11 17:10:00 / Yangiliklar

Taraqqiyotimizning yangi bosqichida aholining osoyishta hayotini, butun mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Zotan, osoyishtalik ta’minlangan, inson emin-erkin, bexavotir yashaydigan yurt dunyo ahli uchun jozibador bo‘ladi.
Pirovardida bunday davlat sarmoyadorlar, jumladan xorijiy ivestorlar va shahrimizga kelayotgan turistlarning ham eng ishonchli maskaniga aylanadi.
Shu tariqa xalqaro maydonda mamlakatimizning ijobiy qiyofasi shakllanadi, imidji oshadi. Buning zamirida esa, jozibador investisiviy muhit yuzaga keladi.
Rivojlangan dunyo davlatlari tajribasi ko‘rsatganidek, bunga erishish uchun avvalo, jinoyatchilikni jilovlash taqozo etiladi.
Shu bois, Davlat rahbarining tashabbuslari asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini tubdan yaxshilash bo‘yicha ulkan islohotlar amalga oshirildi.
Prokuratura, ichki ishlar organlari, sudlar hamda boshqa tuzilmalarda qator tashkiliy choralar amalga oshirildi, kriminogen vaziyatni tahlil qilish va jinoyatchilik dinamikasini bashorat qilishning mutlaqo yangi mexanizmi yaratildi.
Bugungi kunda jinoyatlarning faqat oqibatlarini emas, ularning sabablarini, huquqbuzarliklarga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etishni ustuvor vazifa sifatida oldimizga qo‘yildi.
Ushbu yo‘nalishda Davlat rahbari tomonidan 03.01.2025 yilda “2025 yilda Respublika mahallarlarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son, 18.03.2025 yilda qabul qilingan
PQ–111-son hamda 18.08.2025 yilda qabul qilingan PQ–253-son Qarorlar bilan jinoyatlarning barvaqt oldini olish tizimi ustidan nazoratni ta’minlash borasida aniq topshiriqlar berildi.
Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash davomida mahallalarimizda kriminogen ahvol yaxshilanmoqda, yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘si, xalqimizning davlatga bo‘lgan ishonchi oshmoqda.
Amalga oshirilgan choralar hamda keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida o‘tgan davrda 136 ta mahallada jinoyatlar sodir etilmadi, mahallada jinoyatchilik qariyb 1,5 baravarga kamaydi.
Shuningdek, ezgu niyatlar bilan tashkil etilgan “ijtimoiy profilaktika” tizimini amalga oshirish mexanizmlari aniq belgilab berilgan, mahallada “yettilik vakillari” masalaning ichiga kirganligi oqibatida ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Xususan, joriy yilda 4 107 nafar shaxslar bo‘yicha “yettilik” vakillariga xulosalar taqdim etilib, “ijtimoiy profilaktika” tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yana bir masala, bugun raqamli texnologiyalar rivojlanib, tezkorlik oshmoqda, boshqa qulayliklar yaratilmoqda.
Biroq, bu jarayondagi xavf – xatarlar ko‘lami ham kengayib bormoqda.
Ayniqsa, kiberjinoyatlar bilan bog‘liq yangi tahdidlar dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda.
Shuni doimo yodda tutingki, kibermakondagi, xususan, bank kartalaridan pul o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyatlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, asosan chet eldan turib sodir etilmoqda, qo‘lga kiritilgan pullar esa, ushbu davlatlarga qisqa fursatda olib chiqib ketilmoqda.
Bu esa, o‘g‘irlangan pullarning qaytarilishini va kiberfiribgarlarni fosh etishni yanada murakkablash-tirmoqda.
Bunday shaxslar Sizlarni quyidagi usullar bilan aldashmoqda yoki chalg‘ituvchi yo‘llar bilan o‘z changaliga tushirmoqda:
Bank, majburiy ijro byurosi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa shu kabi tashkilotlar xodimi sifatida Sizga qo‘ng‘iroq qilib, to‘lovdagi tushunmovchilik, kartangizga xavf tug‘ilayotgani kabi turli yolg‘on so‘zlarni aytib, kartangiz haqidagi ma’lumotlarni o‘zingizdan bilib olmoqda.
Sizga yaxshi ma’lumki, bugungi kunda internet orqali onlayn xizmatlar ko‘rsatish va tovarlarni sotish ommalashmoqda.
Bunday savdolarda reklama qilinayotgan tovarlarning narxi arzonligi yoki to‘lov turining yengilligi sababli, tabiiyki, Sizda qiziqish uyg‘otish yo‘li bilan boshlang‘ich to‘lov sifatida pul o‘tkazib, mablag‘ingizni qo‘lga kiritmoqda;
Dunyoga taniqli va yirik insvestorlar nomidan katta foyda va’da qilinmoqda va Siz bunga ishonib, yirik miqdordagi mablag‘laringizni o‘z qo‘lingiz bilan o‘tkazib bermoqdasiz.
Bundan tashqari, bugungi kunda firibgarlik jinoyati
keskin oshib bormoqda.
Shahar hududida yil boshidan bugungi kunga qadar 188 ta firibgarlik jinoyatlari qayd etildi.
Mazkur ko‘rsatkich, mazkur jinoyat ko‘p hollarda internet tarmog‘i orqali sodir qilinmoqda.
Shu munosabat bilan, Sizlardan sergaklikni oshirib,
aldanib qolmaslik uchun ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz.
Qisqa qilib aytganda, nafaqat huquq – tartibot
sohasi xodimlari, balki har bir oddiy fuqaroda ham
huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish, osoyishta hayotni ta’minlashga daxldorlik
hissini uyg‘otishga qaratilgan tarixiy qadamlar tashlandi.
Bundan ko‘zlangan yagona maqsad – aholi tinchligi
va osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatimizdagi
mavjud xato va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etib,
Siz tomoningizdan oldimizga qo‘ygan vazifalarni samarali ro‘yobga chiqarishdir.
Samarqand shahar prokurori B.Normatov
