“O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash alochisi”
2026-03-09 20:55:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining ambulator-poliklinika xizmati bo‘yicha o‘rinbosari Mirzayeva Nodira Eshbekovna sog‘liqni saqlash tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi fidokorona xizmatlari hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun shunday ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak e’tirof Nodira Mirzayevaning tibbiyot sohasidagi professional faoliyati, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda ambulator-poliklinika tizimini rivojlantirish borasidagi samarali ishlariga berilgan munosib bahodir. Mazkur mukofot nafaqat mutaxassisning shaxsiy yutug‘i, balki Samarqand shahri tibbiyot xodimlari mehnatining ham e’tirofi hisoblanadi.
Samarqand shahar hokimligi jamoasi Mirzayeva Nodira Eshbekovnani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan yutuqlar tilaydi.

