Hokim maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan tanishdi
2026-03-08 20:23:00 / Yangiliklar

Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov shahardagi 53-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va undagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Unda muassasa hududini obodonlashtirish, tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida bog‘cha binosini ta’mirlash masalalariga to‘xtalindi.
Shuningdek, kelgusida bog‘chani ta’mirlash choralarini ko‘rish hamda hududda yashovchi 3–7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish yuzasidan tegishli rejalar ishlab chiqilishi belgilab olindi.


