“Turon” maktab teatri tanlovining Samarqand shahar bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandilar.
2026-03-07 22:28:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, tanlovning hududiy bosqichlarida yuqori darajalarni qo‘lga kiritgan 16 ta jamoalar o‘rtasida “Nurafshon” madaniyat saroyida tanlovning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov natijalarga ko‘ra, shahar bosqichida faxrli 1-o‘rinni 80-maktabning “Turon” jamoasi,
2-o‘rinni 82-maktab “Turon yulduzlari” jamoasi, 3-o‘rinni 32-maktabning “Mannon Uyg‘ur” jamoasi va 1-maktabning “Behbudiy izdoshlari” jamoalari qo‘lga kiritishdi.
Faxrli o‘rinlarni egallagan jamoa a’zolari esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.






