Shahar hokimi yoshlarning muammo va takliflarini tinglamoqda
2026-02-13 17:42:00 / Yangiliklar

Ayni paytda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarovning og‘ir toifadagi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Muloqot davomida yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar o‘rganishi, tadbirkorlikka jalb etilishi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilinmoqda.
Har bir yoshning muammosi alohida eshitilib, ularning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilyapti.



