“Maroqand obod” DUK xodimlari uchun bayramona tadbir
2025-12-28 15:32:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrini go‘zal, ozoda va fayzli qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelayotgan “Maroqand obod” DUK xodimlari uchun Yangi yil bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov va Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Navro‘z Rahmonov ham ishtirok etdi.
Shahar rahbari tadbir ishtirokchilarini kirib kelayotgan Yangi yilbayrami bilan qutlab, ularga minnatdorlik bildirdi.
— Shahrimizning ko‘rki, obodligi va pokizaligi aynan sizlarning mehnatingiz samarasidir. Bugun ayniqsa, o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, namunaviy faoliyat ko‘rsatayotgan siz fidoyilarimizga alohida minnatdorlik bildiramiz. Sizlarning mehnatingiz tufayli Samarqand shahri yanada chiroy ochmoqda, go‘zallashmoqda, - dedi hokim...”
Tadbir davomida xodimlar uchun qiziqarli dasturlar namoyish etilib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.





