Samarqand shahar soliq inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlandi
2025-12-26 18:59:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Aminov Javlon Azamatovich Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
J.Aminov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Javlon Aminovning kelgusidagi faoliyatiga muvoffaqiyat tilaymiz.
