Samarqand viloyat hokimligi tomonidan Yangi yil bayrami munosabati bilan “Eng chiroyli bezatilgan archa”, “Eng chiroyli bino”, “Eng namunali ko‘cha”, “Eng chiroyli bezatilgan tashkilot”, “Eng namunali tuman” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi
2025-12-24 12:20:00 / Yangiliklar
Har bir nominatsiya bo‘yicha uchtadan o‘rin ajratiladi.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
-Tashkiliy qo‘mita nomiga ariza;
- Nomzod tashkilot, muassasa, ko‘cha yoki korxonaning (kamida 10 ta sifatli fotosurat va videorolik); –muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.
Tanlovga arizalari 2025-yilning 25-dekabr kuni soat 18:00ga qadar qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari 31-dekabr kuni taqdirlanadi hamda pul mukofoti va diplom bilan mukofotlanadi.
Tanlov ishtirokchilari hujjatlarini Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishi lozim.
Manzil:Shohi Zinda ko‘chasi, 249-uy. Mo‘ljal: Sobiq Bank kolleji binosi ro‘parasi.
Telefonlar: 94-779-11-61, 93-347-43-44, 93-330-24-04
