⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
2025-12-24 09:30:00 / Yangiliklar
224-, 308-transformator punktlari oralig‘idagi 6 kV kabel tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli hozirda Samarqand shahridagi Kamolot va Nayman mahallalarida (mazkur tarmoq orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan iste’molchilarda) elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni damda soha xodimlari tomonidan ushbu holatni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tez orada holat bartaraf etilib, elektr ta’minoti qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.
