Soliq imtiyozlari va raqamli imkoniyatlar bo‘yicha uchrashuvlar
2025-12-17 10:16:00 / Yangiliklar

Prezidentning “Yakka tartibdagi tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda sohaga raqamli yechimlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand shahrida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Uchrashuvlar shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Hasan Ochilov ishtirokida o‘tkazilib, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun yaratilgan soliq yengilliklari, imtiyozlar va qulay sharoitlar keng tushuntirilmoqda.
Qaror doirasida tadbirkorlik faoliyatini yanada yengillashtirish, hisob-kitob va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarini soddalashtirish, davlat xizmatlaridan foydalanishni tezkor va shaffof qilish maqsadida ishga tushirilgan raqamli platformaning afzalliklari haqida ma’lumot berilyapti.
Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, mavjud muammolar yuzasidan taklif va fikrlarini bildirmoqda.

