Yangi yil archasi o‘rnatiladigan hududlarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi
2025-12-16 12:07:00 / Yangiliklar

Yangi yil bayrami tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish va bunda bayram tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 20-dekabridan 2026-yilning 10-yanvariga qadar Yangi yil archasi o‘rnatiladigan quyidagi hududlarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:
– Amir Temur maydonidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko‘chasi va Ko‘ksaroy maydoni hududi;
– Beruny ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Temiryo‘l vokzali oldi maydonigacha bo‘lgan qismi;
– Sartepo massivi Turkiston ko‘chasining TATU Samarqand filiali akademik liseyi oldidan o‘tgan 200 metr qismi;
– Kimyogarlar shaharchasi Umid ko‘chasining Ziyokorlar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Darg‘om ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
– “Yoshlik” istirohat bog‘ining Beruniy ko‘chasi va Bag‘dod ko‘chasi tomondan kirish qismlari;
– Qorasuv massividagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga kirish ko‘chalari.
Eslatib o‘tamiz, ushbu hududlarda zaruratga ko‘ra, bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va tashkiliy masalalar bilan bog‘liq vaqtincha muhofaza zonalari tashkil etilishi belgilangan bo‘lib, aytilgan vaqtdan oldin ham transport vositalari harakati vaqti-vaqti bilan cheklab boriladi.
Samaqand shahar hokimligi axborot xizmati





