42-maktab o‘quvchisi gimnastika bo‘yicha Dubayda g‘alaba qozondi
2025-12-14 14:35:00 / Yangiliklar
Samarqand shahridagi 2-sonli sport maktabi o‘quvchisi Darina Aripova BAA (Dubay) shahrida bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha nufuzli “Big Grace Cup” xalqaro musobaqasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ayni paytda 42-maktabning 1-sinfida tahsil olayotgan iste’dodli sportchimiz mazkur musobaqada yuksak mahorat namoyon etib, O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonda baland ko‘tardi.
Darina Aripovaning ushbu yutug‘i uning ustozi — Rahimjonova Niginaning samarali mehnati, sabri va kasbiy mahorati natijasidir.
Gʻoliba sportchimiz va uning murabbiysini ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida yanada yuksak zafarlar tilaymiz.
