Samarqand shahar hokimi F.Umarovning 2025-yil 14-iyul Ochiq muloqotdagi nutqi
2025-07-14 15:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Assalomu alaykum aziz hamshaharlar,
Aziz teletomoshabinlar!
Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning shu kuniga qadar shahar hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 3819 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlardan 2031 tasi (53,2%) ijobiy hal qilindi, 1373 tasi (36%)ga tushuntirish berilgan, 12 tasi (0,3 %) rad etilgan, 403 tasi esa (10,5 %) o‘rganilmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 944 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 531 tasi (56,3%) ijobiy hal qilindi, 333 tasi (35,3%)ga tushuntirish berilgan,
3 tasi (0,3%) rad etilgan va 77 tasi (8,2%) o‘rganib chiqilmoqda.
Shuningdek, joriy yilning 10 mart kunida o‘tkazilgan xuddi shunday “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida fuqarolardan 24 ta murojaat kelib tushgandi. Ushbu murojaatlardan 14 tasi ijobiy hal qilindi, 6 tasiga tushuntirish berilgan va 4 tasi esa o‘rganilmoqda.
Samarqand shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan 2025 yilda jadal rivojlantirish bo‘yicha oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib o‘tsam.
Shahrimizda 595 ming nafar aholi istiqomad qilmoqda. Mehnat resurslari 361 ming nafarni tashkil qilib, iqtisodiy faol 248 ming nafar bo‘lib band aholi 242 ming nafarni tashkil etadi.
Joriy yilda 33, 273 nafar aholi bandligini ta’minlashni maqsad qilganmiz. Xususan, 12 366 nafar ishsizlar, 7017 nafar maktab bitiruvchilari, 928 nafar harbiy xizmatdan qaytadigan yoshlar, 1610 nafar mehnatga layoqatli nogironlar hamda
11352 nafar migratsiyadan qaytadiganlar hisoblanadi.
Ishsizlik (yillik reja 33,3 ming nafar):
2025 yil boshida shahrimizda 12,4 ming nafar ishsizlar mavjud bo‘lib, 5 ming nafar maktab bitiruvchilari, 1 ming nafar harbiy xizmatdan qaytadigan yoshlar, 1,6 ming nafar mehnatga layoqatli nogironlar hamda 6,3 ming nafar migratsiyadan qaytadigan fuqarolarni hisobga olib, jami 33,3 ming nafar fuqarolar bandligini ta’minlanadi.
Hozirgi vaqtda 5,8 mingta vakant ish o‘rinlari mavjud.
6 oy yakuni bilan 28,7 (reja 17,6 ming) ming (163,1 %) fuqarolar bandligini ta’minlandi (tadbirkorlik – 24,3 ming, investisiya – 2,1 ming, qurilish – 2,1 ming va qishloq xo‘jaligi 165 nafar).
Kambag‘allik: (yillik reja 3 111 ta oila - 5,5%dan 2,9%ga tushirish)
Joriy yilda shahrimizni to‘liq “Kambag‘allik va ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirishni maqsad qilganmiz.
Yil boshida shaharda 6,2 mingta (5,5%) kambag‘al oila (a’zolari 27,8 ming)lar mavjud bo‘lib, ushbu oilalarga men boshchilik barcha rahbar xodimlar, o‘rinbosarlar (103 nafar) hamda tashabbuskor tadbirkorlar (172 nafar) biriktirildi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida kambag‘al oila a’zolarini daromadli mehnat bilan band qilish hisobiga 1 490 ta oila kambag‘allikdan chiqarishga erishdik.
Shundan, 528 nafari doimiy ishga, 274 nafariga dasturlar doirasida kredit ajratildi, 1359 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi va 9 nafari kasb-hunar o‘qitilib, ishga joylashtirildi.
a) “Uychi” tajribasi doirasida banklar 223 ta mijozlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ular tomonidan ko‘tarilgan 1 815 ta muammoli masalalar ijobiy hal etildi;
b) “Sayxunobod” tajribasi doirasida mahallalarda 4,6 mingta mikroloyiha ishga tushirilib, 10,3 ming nafar aholi daromadini oshirish ta’minlandi;
Jumladan, sanoatda 1 490 ta, xizmat ko‘rsatishda 3158 ta, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2 ta mikroloyihalar tashkil etildi.
v) “Zarbdor” tajribasi bo‘yicha birinchi bosqichda 3 ta drayver loyihalarga ajratilgan 8,3 mlrd so‘m doirasida loyihalash, qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi va 121 nafar aholi bandligi ta’minlandi;
v) “Gʻijduvon tajribasi” asosida qiymati 7,7 mlrd so‘mlik
22 ta loyihada 150 ta yangi ish o‘rini yaratamiz.
(6 oy amalda 3 ta loyiha, 142 ta ish o‘rni)
Aholini kasb-hunar, tadbirkorlik va xorijiy tillarga o‘qitishga 2,3 ming nafar aholi jalb qilindi.
Bunda, 1,1 ming nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 0,7 ming nafari tadbirkorlikka o‘qitildi, 0,5 ming nafari xorijiy tillarga o‘qitildi.
Ushbu loyihalarni va aholi bandligini ta’minlash maqsadida yil davomida 157 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratilish rejalashtirilgan.
6 oy amalda:
- oilaviy tadbirkorlikka 18,8 mlrd.so‘m,
- kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga 30,0 mlrd.so‘m,
- biznesga birinchi qadam dasturi bo‘yicha 37,6 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.
Uchinchidan, 4,9 trln. so‘mlik 47 ta hududiy investisiya loyihalari amalga oshiriladi. (2-chorakda 23 ta 1,7 mlrd.so‘mlik, yanvar-iyun oyida loyihalar ishga tushdi)
300 mln dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya o‘zlashtiriladi. (2-chorakda 170,0 mln.dollar, yanvar-inyuь oyi amalda
176,1 mln.dollar, rejaga nisbatan 103,6%)
Eksportyor korxonalar soni 176 taga yetkaziladi, 20 ta korxonalarda xalqaro standartlar joriy qilinib, eksport yillik reja 312,3 mln.dollarga yetkaziladi. 2500 o‘rinli 15 ta yangi mehmonxona, 35 ta mehmon uylari tashkil qilinadi.
Sanoat mahsulotlari 8,2 trln.so‘mga, xizmatlar 8,8 trln.so‘mga, chakana-savdo 5,1 trln.so‘mga, qurilish-pudrat ishlari 2,2 trln.so‘mga, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar 7,8 trln.so‘mga va qishloq xo‘jaligi 125,8 mlrd.so‘mga erishildi.
Beshinchidan, Renovatsiyani amalga oshirishda asosiy e’tibor xalq tili bilan aytganda “Zaliniya (temiryo‘lorti)” hududi, shuningdek, Kimyogarlar qo‘rg‘oni va Narpay ko‘chasining shahar hududiga to‘g‘ri keladigan qismiga qaratiladi.
Joriy yilda 7 200 ta xonadonli 77 ta ko‘p-qavatli uylar foydalanishga topshiriladi.
Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 1 807 nafar fuqarolarga 445,67 mlrd.so‘mlik ipoteka kreditlari ajratiladi.
Yil davomida 47 ta ko‘p qavatli uylar ta’mirlanadi va 4 ta uyda liftlar yangilanadi.
- 2,5 km ichimlik suv tarmog‘i va 381 km issiqlik tarmoqlari yangilanadi.
- 266 km elektr tarmoqlari va 108 ta transformator punktlari mukammal ta’mirlanadi.
- 5 ta gaz taqsimlash punktlari va 2,9 km gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi.
- 8,7 km yo‘llar asfaltlashtiriladi.
Oltinchidan, jamoat transportini yaxshilash uchun “Master reja” ishlab chiqilgan va unga ko‘ra 43 ta yangi yo‘nalishlarga qo‘shiimcha 452 ta avtobus va elektrobus harakatini tashkil qilish belgilangan.
Joriy yilda qo‘shimcha 200 taga avtobus va elektrobuslar olib kelinib, aholiga sifatli jamoat transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Sakkizinchidan, 2025 yil boshida 14 ming 728 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 6 ta toifasiga kiritildi. Bugungi kunda ushbu ayollarning 70 foiziga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan, 2 453 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirildi, 317 nafariga kreditlar ajratildi, 5 045 nafariga moddiy yordamlar ko‘rsatildi, qaramog‘ida nogironligi mavjud farzand tarbiyalayotgan ehtiyojmand 1 281 nafariga bir martalik moddiy yordam pullari ajratildi.
Samarqand shahridagi yoshlar 130 ming 141 nafarni tashkil etadi. Ushbu yoshlar “Yoshlar balansi” platformasida “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratildi.
Joriy yil boshidan “Yoshlar daftari” platformasiga jami
454 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 386 nafari daftarga kiritilgan. Bugungi kunga qadar 284 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 1 mlrd 314 mln 836 ming so‘mlik amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Yoshlarning iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish borasida olib borilayotgan amalish ishlar natijasida joriy yilda 2 nafar samarqandlik yoshlar Maxbuba Salimova va Shoxrux Qudratovlar “Kelajak bunyodkori” medaliga munosib ko‘rildi.
“Besh tashabbus olimpiyadasi”da “M.Shaxzoda” mahallasida yashovchi Sabina Hakimova sportning shashka turi bo‘yicha Respublikada 2 o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Raxmatobod”, “Vatanparvar”, “Matonat” mahalla yoshlari “Yoshlar ovozi” tanlovining Respublika bosqichida munosib ishtirok etib, 10 million so‘mdan pul mukofotiga, “Said”, “H.Sheroziy”, “Lohutiy”, “Hayotobod”, “Bog‘i safed” mahalla yoshlari sportning shaxmat, gandbol turlari hamda “Yosh musavvir” tanlovining yakuniy bosqichida g‘olib bo‘ldi.
Bugungi kunda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ham tadbirlar davom ettirilmoqda.
Nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanish borasida “Uch avlod uchrashuvlari”, “Tashabbuskor nuroniylar” loyihalari amalga oshirilib kelinmoqda.
Oldimizga qo‘ygan maqsadlar hamda xalqimizga munosib sharoitlarni yaratish borasidagi ishlarni o‘zim boshchiligimda hokim o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari shijoatkor va tashabbuskorlik bilan sifatli bajaramiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!



