Seminar ishtirokchilari Dehnav mahallasida ko‘kat yetishtirish borasidagi tajribalar bilan tanishdi
2025-02-12 11:10:00 / Yangiliklar

Seminar ishtirokchilari yangi tizim asosida Samarqand tumanidagi “Dehnav” mahallasida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha aholi xonadonlarida tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, yetishtirilgan mahsulotlarni ichki bozor va eksportga yo‘naltirish jarayonlari bilan tanishishdi.
Shu yerda Dehnav mahallasi hamda viloyatda barcha mahallalarning ixtisoslashuvi, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilini joriy etish, mahsulotlarni ichki bozorga va eksportga chiqarish, bozorlarda narx-navoni kamaytirish, mahallaning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.