Xotin-qizlar muammolarini samarali hal etish yuzasidan seminar o‘tkazildi
2025-04-14 09:45:00 / Yangiliklar

Rishton tumani hokimligi majlislar zalida xotin-qizlarning huquqiy manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda mahalla xotin-qizlar faollari hamda oila va xotin-qizlar bo‘limlari xodimlari ishtirok etishdi.
Seminarning ochilishida Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi D.Ermatov so‘zga chiqdi.
Shuningdek, seminarda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari O.Musurmonova, Ichki ishlar vazirligidan J.Urakov, Sog‘liqni saqlash vazirligidan F.Taxirova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan A.Mahmudova, Davlat mulkini boshqarish agentligidan X.Rashidov, “Hunarmand” uyushmasidan I.Sadullaev tomonidan tegishli mavzularda taqdimotlar qilindi.
Seminar yakunida sohaga doir masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, bir guruh xotin-qizlar faollari taqdirlandilar.
