RIŞTONDA YOŞLAR KUNI: OSIYO ÇEMPIONLARI E’TIROFI VA YOŞLAR BILAN OÇIQ MULOQOT
2026-11-19 12:30:00 / Yangiliklar

Payşanba — Yoşlar kuni Rişton tumanida özgaça şukuh va kötarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Samarqand şahrida 2026-yilning 28–31-oktabr kunlari Usmonov Kombat Systems sport turi böyiça ötkazilgan Osiyo çempionatida munosib iştirok etib, yuksak natijalarga erişgan riştonlik sportçilarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Rişton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov hamda tuman rahbarlari Osiyo çempioni şarafli nomiga sazovor bölgan yoş sportçilar — Saidaxmad Şermuhammadov va Islomjon Soyibjonovlarni samimiy tabriklab, ularning erişgan yutuqlari bilan faxrlanişlarini bildirdilar. Marosim davomida çempionlarga taşakkurnoma va esdalik sovğalari tantanali ravişda topşirildi.
Yoşlar bilan oçiq muloqot
Yoşlar kuni munosabati bilan Rişton tumani hokimligi majlislar zalida yoşlar bilan oçiq muloqot ham taşkil etildi.
Unda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman prokurori Raşidbek Mehmonov, tuman IIB boşliği Baxtiyorjon Najimitdinov, soliq inspeksiyasi boşliği Saidaxon Nurmatova, şuningdek, tuman taşkilotlari rahbarlari va mas’ul xodimlari iştirok etdilar.
Muloqot davomida yoşlarning murojaatlari, kundalik hayotida duç kelayotgan muammolari, taklif va taşabbuslari tinglandi. Ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegişli mutasaddilarga zarur topşiriq va körsatmalar berilib, murojaatlarni qonuniy tartibda hal etiş çoralari belgilandi.
Oçiq muloqot yoşlar bilan bevosita fikr almaşiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda muammolariga amaliy yeçim topişga xizmat qildi.
Yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning salohiyatini röyobga çiqariş, sport va boşqa sohalardagi yutuqlarini munosib e’tirof etiş tuman hayotidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Zero, yoşlar fikri va taşabbusi — taraqqiyotning muhim omilidir!





