RIŞTON TUMANIDA “YIL AYOLI” KÖRIK-TANLOVI BÖLIB ÖTDI
2026-11-18 17:25:00 / Yangiliklar

🌷 Rişton tumanida xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va nufuzini yanada oşiriş, ularning iqtidori, salohiyati va taşabbuskorligini namoyon etiş, turli sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan faol ayollarni rağbatlantiriş maqsadida “Yil ayoli” körik-tanlovi bölib ötdi.
🤝 Mazkur körik-tanlovda tumandagi turli soha vakillari, tadbirkorlar, hunarmandlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, ilm-fan va jamoatçilik yönalişlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar iştirok etdilar.
✨ Tanlov davomida iştirokçilar özlarining köp yillik mehnat faoliyati, erişgan yutuqlari, jamiyat hayotidagi faolligi, oila va farzand tarbiyasidagi ibratli jihatlari, şuningdek, amalga oşirgan taşabbus va loyihalari bilan taniştirdilar.
👏 Ayniqsa, öz kasbiga sadoqati, tadbirkorlik faoliyati, ijtimoiy taşabbuslari hamda yoş avlod tarbiyasiga qöşayotgan hissasi bilan boşqalarga örnak bölayotgan xotin-qizlarning çiqişlari tanlovga alohida mazmun bağişladi.
🏆 Tadbir yakunida tanlov ğoliblari viloyat bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdilar, faol iştirokçilar esa munosib taqdirlandilar.
🌺 Zero, har bir sohada bilim va tajribasi, fidoyiligi va taşabbuskorligi bilan yuksak natijalarga erişayotgan ayollar — jamiyatimiz taraqqiyoti, oilalar farovonligi va kelajak avlod kamolotiga munosib hissa qöşayotgan kuçdir!



