“AYOLLAR DAFTARI”: 6 766 NAFAR XOTIN-QIZGA AMALIY YORDAM KÖRSATILDI
2026-11-17 10:00:00 / Yangiliklar

Intervyu
Rişton tumani hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği M. Dadajonova bilan 2026-yilda “Ayollar daftari”ning 7-bosqiçi doirasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan intervyu
— Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini rağbatlantiriş va ijtimoiy muammolarini hal etişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Rişton tumanida “Ayollar daftari”ning 7-bosqiçi doirasida qanday işlar amalga oşirildi?
— Albatta, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning hayotiy muammolarini örganiş va manzilli yordam körsatiş ustuvor vazifalarimizdan biridir.
2026-yilda Rişton tumanida jami 6 766 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ning 7-bosqiçiga kiritildi. Ular beşta toifa böyiça röyxatga olinib, har birining muammosi va ehtiyojidan kelib çiqib, amaliy yordam çoralari belgilandi.
Jumladan, 1 794 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj işsiz xotin-qizlar, 129 nafari tadbirkorlik qiliş istagidagi ehtiyojmand ayollar, 100 nafari uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj xotin-qizlar, 1 924 nafari tibbiy va psixologik yordamga muhtoj ayollar hamda 2 819 nafari huquqiy yordamga ehtiyojmand xotin-qizlardan iborat böldi.
Eng muhimi, röyxatga kiritilgan 6 766 nafar xotin-qizning barçasiga, ya’ni 100 foiziga amaliy yordamlar körsatildi.
— Birinçi toifaga kiritilgan işsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlaş borasida qanday natijalarga erişildi?
— Bu yönalişda asosiy e’tibor xotin-qizlarni doimiy daromad manbaiga ega qiliş, kasb-hunarga örgatiş va mehnat bozorida öz örnini topişiga kömaklaşişga qaratildi.
Natijada ijtimoiy himoyaga muhtoj işsiz 1 794 nafar xotin-qizning barçasining bandligi ta’minlandi. Şundan 1 666 nafarining doimiy bandligi ta’minlandi. Jumladan, 28 nafari Bandlikka kömaklaşiş bölimi yöllanmalari orqali işga joylaştirildi.
Yana 15 nafar xotin-qiz “Vauçer” tizimi asosida kasb-hunarga öqitildi. Buning uçun Kambağallikni qisqartiriş va bandlik jamğarmasi hisobidan 18 million 750 ming söm mablağ sarflandi.
Şuningdek, 113 nafar xotin-qiz özini özi band qiliş orqali daromad topiş imkoniyatiga ega böldi.
— Tadbirkorlik qiliş istagidagi xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş böyiça qanday imkoniyatlar yaratildi?
— Tadbirkorlikka qiziqiş bildirgan xotin-qizlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Ikkinçi toifaga kiritilgan 129 nafar xotin-qizning barçasiga jami 1 milliard 595 million söm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Şundan 97 nafari öz tadbirkorligini yölga qöyiş istagida bölgan ayollar bölib, ularga jami 1 milliard 209 million söm kredit berildi. Xususan, Xalq banki tomonidan 27 nafar xotin-qizga 397 million söm, Mikrokreditbank tomonidan esa 70 nafar xotin-qizga 812 million söm miqdorida kredit ajratildi.
Kreditlar tikuvçilik, hunarmandçilik, çorvaçilik, köçat yetiştiriş, issiqxona taşkil etiş, maişiy xizmat körsatiş, qandolatçilik va boşqa yönalişlardagi loyihalarni amalga oşirişga yönaltirildi.
Bu orqali xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini boşlaşi va oilaviy daromadlarini oşirişi uçun zarur şaroitlar yaratildi.
— Uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj xotin-qizlarga qanday yordamlar körsatildi?
— Uy-joy masalasi köplab oilalar uçun muhim ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Şu sababli uşbu yönalişda ham ehtiyojmand xotin-qizlarning murojaatlari örganilib, amaliy yordamlar körsatildi.
Uçinçi toifaga kiritilgan 100 nafar xotin-qizga uy-joy şaroitini yaxşilaş böyiça yordam berildi. Jumladan, 3 nafar ayolga turar joy ijarasi uçun 12 million 500 ming söm kompensatsiya tölab berildi.
Şuningdek, 97 nafar ehtiyojmand xotin-qizning uy-joyini ta’mirlaş işlari amalga oşirildi. Bunda “Ayollar daftari” jamğarmasi, mahalliy budjet va homiylik mablağlaridan foydalanildi.
— Tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş borasida qanday işlar bajarildi?
— Xotin-qizlarning salomatligi va ruhiy xotirjamligini ta’minlaş ham e’tiborimiz markazida. Törtinçi toifaga kiritilgan 1 924 nafar ayolning barçasiga amaliy yordam körsatildi.
Jumladan, 1 913 nafar xotin-qizga psixologik yordam berildi. Ularning 1 187 nafari psixologlar tomonidan taşkil etilgan seminar va maşğulotlarda iştirok etdi. Şuningdek, nizoli oilalarda yaşovçi 159 nafar xotin-qizga individual psixologik yordam körsatildi.
Bundan taşqari, 11 nafar ehtiyojmand xotin-qizga jarrohlik amaliyotisiz tibbiy yordam körsatilib, ular statsionar va ambulator şaklda davolandi. Uşbu tibbiy yordam uçun 26 million söm mablağ sarflandi.
— Huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar bilan işlaş qanday taşkil etildi?
— Huquqiy savodxonlikni oşiriş, ayollarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş, muammolarini qonuniy tartibda hal etişga kömaklaşiş böyiça tizimli işlar olib borildi.
Beşinçi toifaga kiritilgan 2 819 nafar xotin-qizning barçasiga huquqiy yordam körsatildi. Jumladan, 1 950 nafar ayol huquqşunoslar tomonidan taşkil etilgan seminar va tuşuntiriş tadbirlarida iştirok etdi.
Yana 810 nafar xotin-qizga huquqiy masalalarda individual maslahatlar berildi. Şuningdek, 30 nafar ayolning murojaati joyida hal etildi, tazyiq va zöravonlikka uçragan 29 nafar xotin-qizga himoya orderlari berildi.
Bu kabi işlar ayollarning öz huquqlarini bilişi, himoya qilişi va muammolariga qonuniy yeçim topişida muhim ahamiyat kasb etadi.
— Suhbatimiz yakunida kelgusidagi rejalar haqida ham töxtalib ötsangiz.
— Asosiy maqsadimiz — “Ayollar daftari”ga kiritilgan har bir xotin-qizning muammosini şunçaki röyxatdan çiqariş bilan çeklanmasdan, uning hayotida ijobiy özgariş yasaşdir.
Kelgusida ham xotin-qizlarning bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, kasb-hunarga öqitiş, uy-joy va salomatlik bilan boğliq muammolarini hal etiş, huquqiy himoyasini kuçaytiriş böyiça işlarni izçil davom ettiramiz.
Zero, ayol baxtli bölsa, oila mustahkam, jamiyat esa farovon böladi.




