🏆 RIŞTONDA SPORTÇI YOŞLAR MUNOSIB RAĞBATLANTIRILDI
2026-11-12 17:25:00 / Yangiliklar

#Bugun_yoşlar_kuni
Mamlakatimizda har haftaning payşanba kuni “Yoşlar kuni” sifatida belgilanib, yoşlarning muammo va takliflarini örganiş, ularni qöllab-quvvatlaş hamda yangi imkoniyatlar yaratişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugun Rişton tumani hokimligida sportçi yoşlar bilan uçraşuv taşkil etildi.
Unda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman prokurori Raşidbek Mehmonov, tuman IIB boşliği Baxtiyorjon Najimitdinov, tuman DSI boşliği Saidaxon Nurmatova, mas’ul rahbarlar, sport maktabi murabbiylari hamda yoş sportçilar iştirok etdi.
🤝 Uçraşuv davomida yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Sport sohasidagi islohotlar, yaratilayotgan şaroitlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almaşildi.
🥇 Tadbirda sport musobaqalarida yuqori natijalarga erişgan yoşlarning yutuqlari e’tirof etilib, ularga esdalik sovğalari topşirildi.
🥈 Xususan, Prezident Olimpiadasida taekvondo WT (World Taekwondo) yönalişi böyiça sovrindor bölgan Şahlo Adhamova alohida e’tirof etilib, munosib taqdirlandi.
🌟 Bunday uçraşuvlar yoş sportçilarni yangi marralar sari ruhlantiriş, ularning intilişlarini qöllab-quvvatlaş va kelajakdagi ğalabalariga zamin yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.









