ÖZBEKISTON VA XITOY HAMKORLIGI: RIŞTON VA JINGDEZHEN ÖRTASIDA KULOLÇILIK SOHASIDAGI ALOQALAR RIVOJLANTIRILADI
2026-11-07 06:30:00 / Yangiliklar

Xitoy Xalq Respublikasining maşhur keramika markazi — Jingdezhen şahrida faoliyat yurituvçi “Jingdezhen Ceramics Group” kompaniyasi Markaziy Osiyo bölimi rahbari Çjun Vey Özbekistonga taşrifi doirasida Rişton tumanida böldi.
Taşrif dasturining dastlabki manzili Xalqaro kulolçilik markazi böldi. Mehmon bu yerda Riştonning köp asrlik kulolçilik an’analari, milliy hunarmandçilik maktabi va amaliy san’at namunalari bilan yaqindan tanişdi. Usta kulollar bilan muloqot davomida ularning ijodiy faoliyati, işlab çiqariş tajribasi va an’anaviy bezak uslublariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, kulolçilik muzeylari közdan keçirilib, Rişton hunarmandçiligining tarixi va öziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.
Şundan söng delegatsiya vakili tadbirkor Muhayyo Sattorova tomonidan taşkil etilgan “MM Porcelain” oilaviy korxonasi faoliyati bilan tanişdi. Korxonada çinni buyumlariga badiiy bezak beriş jarayonlari, mahsulot tayyorlaş bosqiçlari, mahalliy ustalarning mahorati va işlab çiqariş imkoniyatlari namoyiş etildi.
Taşrif doirasida Rişton tumani hokimligida tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, hokimning birinçi örinbosari Bobojon Ibrohimov hamda “Jingdezhen Ceramics Group” kompaniyasi Markaziy Osiyo bölimi rahbari Çjun Vey iştirokida uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida Rişton va Jingdezhen kulolçilik maktablari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş, işlab çiqariş va savdo aloqalarini kengaytiriş, yangi loyihalarni amalga oşiriş hamda soha rivojiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida tomonlar örtasida kelgusidagi hamkorlik yönalişlarini belgilaş va özaro manfaatli taşabbuslarni amalga oşirişga qaratilgan Anglaşuv memorandumi (MOU) imzolandi.
Mazkur memorandum Rişton va Jingdezhen örtasida kulolçilik sohasidagi aloqalarni mustahkamlaş, hunarmandlar örtasida tajriba almaşinuvini yölga qöyiş, mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarda tarğib etiş hamda istiqbolli hamkorlik loyihalarini işlab çiqiş uçun muhim asos bölib xizmat qilişi kutilmoqda.







