RASMIY MUNOSABAT
2026-11-05 15:50:00 / Yangiliklar
“Xalq ovozini eşiting, lavozim xalqdan ustun emas” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maqola yuzasidan Rişton tumani hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Aholi, xususan, xotin-qizlarning murojaatlarini öz vaqtida örganiş, ularning muammolariga yeçim topiş, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş davlat idoralari faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biridir. Bu borada Farğona viloyati hokimi örinbosari K. Kavlonova tomonidan xotin-qizlar bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş, ularning dardu taşvişlarini bevosita eşitiş hamda murojaatlarini hal etiş maqsadida şaxsiy va sayyor qabullar muntazam taşkil etib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning ötgan 10 oyi davomida viloyat hokimi örinbosari tomonidan Rişton tumanidagi mahalla fuqarolar yiğinlarida 4 marotaba sayyor qabul ötkazilib, ularda 30 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglangan.
Mazkur qabullar davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş, uy-joy şaroitlarini yaxşilaş, moddiy va ijtimoiy yordam körsatiş, oilaviy muammolarni bartaraf etiş hamda boşqa dolzarb masalalar atrofliça muhokama qilingan. Har bir murojaat yuzasidan tegişli mas’ul taşkilotlar vakillari iştirokida zarur örganişlar olib borilib, muammolarni qonuniy tartibda hal etiş çoralariga e’tibor qaratilgan.
Şuni alohida ta’kidlaş lozimki, sayyor qabullarning asosiy maqsadi şunçaki murojaatlarni tinglaş emas, balki ularning mazmun-mohiyatini çuqur örganiş, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga imkon qadar joyida yeçim topiş va ijrosini nazorat qilişdan iborat. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri, oila osoyiştaligi va kelajakka bölgan umid mujassam.
Şuningdek, Rişton tumani hokimi örinbosari — Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği M. Dadajonova tomonidan ham xotin-qizlarning muammolarini örganiş, ularning murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan şaxsiy hamda sayyor qabullar muntazam ötkazib kelinmoqda.
Qabullar davomida bildirilgan har bir murojaat belgilangan tartibda röyxatga olinib, tegişli mas’ullarga biriktiriladi hamda ijrosi nazoratga olinadi. Murojaatlarni körib çiqişda masalaning mazmuni, fuqarolarning ijtimoiy holati va mavjud imkoniyatlar inobatga olinib, ularni hal etiş böyiça amaliy çoralar belgilanadi.
Rişton tumani hokimligi fuqarolar bilan oçiq va samimiy muloqot olib boriş, ularning murojaatlariga befarq bölmaslik hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlaş borasidagi işlar izçil davom ettirilişini bildiradi.
Aholi murojaatlari bilan işlaşda asosiy mezon — inson manfaatlari, mas’uliyat va natijadorlikdir.
