BUGUN — YOŞLAR KUNI: RIŞTONDA YOŞLAR UÇUN KASB-HUNAR VA BANDLIK IMKONIYATLARI KENGAYMOQDA
2026-11-05 13:25:00 / Yangiliklar

Taşrif davomida tuman hokimi texnikumda avtomobillarga, jumladan, elektromobillarga texnik xizmat körsatiş ustaxonasi faoliyatini közdan keçirdi. Unga dual ta’lim tizimi asosida öquvçilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş, zamonaviy avtomobillarga texnik xizmat körsatiş böyiça kasbiy könikmalarini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berildi.
Şuningdek, tuman hokimi “Roşidon Guli Teks” xususiy korxonasi bilan hamkorlikda taşkil etilgan tikuvçilik korxonasining oçiliş marosimida iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqan tuman hokimi yoşlarni kasb-hunarga örgatiş, ularning bandligini ta’minlaş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş hamda ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarning ahamiyatiga töxtaldi.
Mazkur korxonaning işga tuşirilişi yoşlar uçun yangi iş örinlari yaratiş, ularning kasbiy mahoratini oşiriş va dual ta’lim tizimini amaliyot bilan boyitişga xizmat qilişi ta’kidlandi.
Taşrif davomida texnikumda yaratilgan zamonaviy öquv şaroitlari, jihozlangan xonalar va ta’lim jarayoni bilan ham yaqindan tanişildi. Jumladan, öquvçilarga nemis tilini örgatiş, xorijiy tillarni puxta egallaş orqali xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassis bölib yetişişlari uçun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi yoşlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaşga, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanişga çaqirdi.
Yoşlarni kasb-hunarga yönaltiriş, ta’lim va işlab çiqariş hamkorligini mustahkamlaş hamda ularning munosib bandligini ta’minlaş Rişton tumanida ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.








