RIŞTONDA “IÇKI IŞLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI” TANTANALI NIŞONLANDI
2026-11-02 22:50:00 / Yangiliklar

Rişton tumanida 25-oktabr — Içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi.
Unda Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi rahbariyati, tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB rahbariyati va şaxsiy tarkibi, şuningdek, içki işlar organlari faxriylari hamda faol jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularning jamiyatda tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş, jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini himoya qiliş borasidagi mas’uliyatli va şarafli xizmatlarini alohida e’tirof etdilar.
Ta’kidlanganidek, yurtimizda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaş, qonun ustuvorligini ta’minlaş hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilişda içki işlar organlari xodimlarining örni beqiyosdir.
Tantanali tadbir davomida xuşovoz xonandalar ijrosida kuy-qöşiqlar yangrab, bayramona konsert dasturi namoyiş etildi. Dilga yaqin kuy-qöşiqlar iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
Bayram tadbiri soha vakillariga bildirilgan samimiy tilaklar, ezgu istaklar va kötarinki ruhda yakunlandi.







