XITOYLIK INVESTORLAR BILAN INVESTITSIYA LOYIHALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-10-16 17:25:00 / Yangiliklar

🤝 Rishton tumani hokimligida tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Ro‘zaliev hamda Xitoyning “ZHONGYALUGANG CHANYEYUAN” MChJ XK korxonasi rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌 Uchrashuvda xitoylik investorlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
📊 Muzokaralar yakunida xitoylik investorlar birinchi bosqichda 6,5 gektar yer maydonini o‘zlashtirish hamda ushbu hududda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar bo‘yicha ikki kun muddatda o‘z takliflarini taqdim etishlarini bildirdilar.
✅ Taqdim etiladigan loyihalar asosida yer maydonini belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish masalasi yuzasidan kelishuvga erishildi.
🌐 Xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va hududning investitsiyaviy salohiyatini oshirish yo‘lidagi ishlar davom etmoqda.




