📢 RISHTON TUMANI XALQ QABULXONASIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
2026-10-14 14:50:00 / Yangiliklar

🤝 Bugun Rishton tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimligi mas’ullari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.
🗣 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish hamda mavjud muammolarga yechim topish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.
📌 Maqsad — fuqarolar murojaatlarini tinglash, muammolarga amaliy yechim topish va aholi roziligini ta’minlash.





