RISHTON VA MAIZURU: DO‘STLIK, TINCHLIK VA XALQARO HAMKORLIK SARI
2026-10-12 14:45:00 / Yangiliklar

Yaponiya davlatida davom etayotgan rasmiy tashrif doirasida Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov boshchiligidagi delegatsiya Maizuru shahrida qator tadbirlarda ishtirok etdi.
Delegatsiya a’zolari shaharda tashkil etilgan Do‘stlik va tinchlik tadbirida qatnashib, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, tinchlik va hamkorlikning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdilar.
Tashrif davomida delegatsiya Maizuru shahridagi birodar shaharlar muzeyi faoliyati bilan ham tanishdi. Muzeyda Rishton tumani uchun alohida joy ajratilgani ikki hudud o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va madaniy aloqalarning o‘ziga xos ifodasi hisoblanadi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari Yaponiyaning harbiy dengiz texnikasi bilan tanishtirildi. Jumladan, vertolyotlarning uchishi va qo‘nishi uchun mo‘ljallangan harbiy kema namoyish etildi. Tashrif davomida ushbu texnika va uning imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
Mazkur tashrif Rishton tumani va Maizuru shahri o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini mustahkamlash, madaniy merosni targ‘ib etish hamda o‘zaro tajriba almashish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.
Do‘stlik, tinchlik va o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlik xalqlarni yaqinlashtirib, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.









