YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
2026-10-08 13:30:00 / Yangiliklar

“Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida hamda Yoshlar kuni munosabati bilan Rishton tumani 1-son texnikumida yoshlar ishtirokida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
🔷 Tadbirda tuman hokimligi vakillari, tegishli tashkilot va idoralar xodimlari hamda texnikum yoshlari qatnashdi.
🧠 Uchrashuv davomida giyohvandlik va psixotrop moddalarning inson salomatligi, ruhiy holati va kelajagiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
⚖️ Shuningdek, yoshlarni zararli illatlardan asrash, huquqiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💪 Mutasaddilar yoshlarni giyohvandlikning har qanday ko‘rinishidan ogoh bo‘lishga, sog‘lom hayot tarzini tanlashga hamda bunday illatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga chaqirdilar.
🌱 Sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat poydevori!









