🇺🇿🤝🇨🇳 Rishton va Jinan tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik uchrashuv
2026-09-17 12:25:00 / Yangiliklar

📍 Rishton tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasidagi tashrifi qizg‘in davom etmoqda.
Tashrifning navbatdagi kunida Shandun provinsiyasi, Jinan shahrida Rishton tumani hokimligi vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab chiqarish yo‘nalishlarida sheriklikni yo‘lga qo‘yish hamda istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
🏭 Shuningdek, Rishton tumani delegatsiyasi Jinan shahridagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari va kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Korxonalarda joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlari va investitsiyaviy imkoniyatlar o‘rganildi.
📑 Tashrif doirasida o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik shartnomalari imzolandi.
🌏 Mazkur uchrashuv va tashriflar Rishton tumani hamda Jinan shahri tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, Xitoy investitsiyalarini jalb etish va tumanda yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🚀 Rishton — xalqaro hamkorlik, investitsiya va yangi loyihalar sari!






