RISHTONDA YAPON OLMA VA SHAFTOLISINI YETISHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-11 16:10:00 / Yangiliklar

Unda Yaponiya Ivate prefekturasi, Morioka shahrida yashovchi tadbirkor Ibetsu Toshitsugu hamda Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov ishtirok etdi.
🌱 Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri — Rishtonda Yaponiya tajribasi asosida olma va shaftolining zamonaviy, intensiv bog‘larini yaratish masalasi bo‘ldi. Muloqot davomida ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, yuqori hosildor navlarni yetishtirish hamda zamonaviy intensiv bog‘dorchilik tajribasidan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
🍎🍑 Mazkur yo‘nalishdagi hamkorlik Rishtonning mavjud bog‘dorchilik salohiyatidan yanada samarali foydalanish, sifatli va xaridorgir meva mahsulotlari yetishtirish, tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
🏺 Shuningdek, uchrashuvda Rishtonning turizm salohiyatini yanada oshirish, hududning boy madaniy merosi va kulolchilik an’analarini Yaponiyada keng targ‘ib qilish masalalari ham muhokama qilindi.
🇺🇿🇯🇵 Xususan, Rishton kulolchilik mahsulotlarini Yaponiya bozorida sotishni yo‘lga qo‘yish, mahalliy hunarmandlar tomonidan yaratilayotgan noyob mahsulotlarni Yaponiya bozoriga olib chiqish bo‘yicha istiqbolli takliflar bildirildi.
🤝 Muloqotda tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda yaponiyalik tadbirkorning Rishton tumanidagi hamkorlari ham ishtirok etib, kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.
✨ Bugungi uchrashuv Rishton va Yaponiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni hududga olib kirish va yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Yaponiyaning ilg‘or tajribasi — Rishtonning imkoniyatlari bilan uyg‘unlashib, yangi natijalarga xizmat qiladi.






