Yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-09-03 12:45:00 / Yangiliklar

Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan Rishton tumanidagi 4-sonli umumta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman prokurori Rashidbek Mehmonov, mas’ul rahbarlar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bildirilgan murojaatlarning yechimi bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.
Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Yoshlar — yurt kelajagi va taraqqiyotining muhim kuchidir.





