📌 Fuqarolar murojaatlari — e’tiborda
2026-09-02 12:25:00 / Yangiliklar
Bugun Rishton tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi va mas’ul rahbarlar ishtirokida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Murojaatlarda asosan uy-joy, yer va kadastr, kommunal xizmatlar, bandlik, tadbirkorlik hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaatning mazmuni va yechimi alohida o‘rganilib, fuqarolarning muammolarini qonuniy va amaliy jihatdan hal etish, ijrosini ta’minlash masalalari nazoratga olindi.
🤝 Xalq bilan muloqot, murojaatlarga e’tibor va muammolarga amaliy yechim — ustuvor vazifa.





