Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechim markazida.
2026-08-12 14:00:00 / Yangiliklar

🤝 Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Jumladan, moddiy yordam, uy-joy ta’miri, elektr energiyasi, ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, imkoniyati mavjud bo‘lgan ayrim masalalar shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
📌 Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar vakolatini talab etadigan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ul idora va tashkilotlarga aniq topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, qabulda ishtirok etgan mutasaddi rahbarlarga fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni qat’iy nazoratga olish, murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib, amaliy natija bilan yakunlash vazifasi yuklatildi.
💬 Zero, murojaat ortida inson taqdiri, oila tashvishi va muayyan muammo turadi. Shu bois har bir murojaatga e’tibor bilan yondashish, fuqaroni tinglash va imkon qadar uning muammosiga amaliy yechim topish — asosiy vazifalardan biridir.
🇺🇿 Xalq bilan muloqot — muammolarni hal etish va ishonchni mustahkamlashning muhim omilidir.




