💼 Yosh tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishildi
2026-08-06 15:45:00 / Yangiliklar

🏭 Tashrif davomida yosh tadbirkor tomonidan yo‘lga qo‘yilgan milliy ko‘rpa- tushak tikish faoliyati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda kelgusidagi rivojlanish rejalari ko‘zdan kechirildi.
🤝 Uchrashuv chog‘ida tadbirkor bilan faoliyatni yanada kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
📈 Tuman hokimi yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur amaliy ko‘mak berish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
🌟 Rishton tumanida Yoshlar kuni doirasida faol, tashabbuskor va izlanuvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. 🇺🇿
