Viloyat ishchi guruhi Rishton tumanida
2026-08-04 15:20:00 / Yangiliklar

🏞Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini nazorat qilish maqsadida Farg‘ona viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda Rishton tumani hokimi Bahodir Xoliqov boshchiligida mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ullari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
📂 Yig‘ilishda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida belgilangan vazifalar ijrosi, hududlarda amalga oshirilayotgan tadbirlar, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosi atroflicha tahlil qilindi.
🔗 Muhokama yakunida mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ijro intizomini kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.




