📌 Rishton tumani hokimligida xitoylik investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-07-13 16:10:00 / Yangiliklar

Mehmonlarni tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Bobojon Ibrohimov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Ro‘zaliyev kutib olib, o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib borishdi.
Uchrashuv davomida xitoylik investorlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash hamda tumanda ko‘p qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha investitsiya loyihalarini taqdim etdilar.
Tomonlar mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, istiqbolli loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.






