🌸 “Ayol ko‘rki – Xon atlas!” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
2026-07-03 13:35:00 / Yangiliklar

Festivalning asosiy maqsadi xalqimizning boy milliy merosi, urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan milliy liboslarimizni keng targ‘ib etish, xotin-qizlarda milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash hamda o‘zbekona kiyinish madaniyatini ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.
Festivalda xotin-qizlar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va kelgusi avlodga yetkazish yo‘lidagi bunday tadbirlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
🌺 “Ayol ko‘rki – Xon atlas!” festivali milliy liboslarimizni ulug‘lash, o‘zbek ayolining go‘zalligi, didi va ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir sifatida barchada yorqin taassurot qoldirdi.





