🏐 Voleybol bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasining tuman bosqichiga start berildi
2026-07-02 14:55:00 / Yangiliklar
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Rishton tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabida "Besh tashabbus" doirasida voleybol bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasining tuman bosqichi tantanali ravishda boshlandi.

#Bugun_Yoshlar_kuni
Musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman prokurori Rashidbek Mehmonov, tuman IIB boshlig‘i Shavkatjon Mavlonov, mutasaddi rahbarlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar yoshlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda bunday musobaqalarning ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidladilar.
Musobaqada tumanning turli mahallalaridan shakllangan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib boradi.
Yoshlar salomatligi, sport va g‘alabalar sari!








