🌟 Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!
2026-06-30 21:25:00 / Yangiliklar

Tadbir avvalida tuman hokimi yig‘ilganlarni Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘z yuritdi.
Bayram tadbirida yoshlar uchun tashkil etilgan konsert dasturida estrada xonandalari Sardor Toirov, Elyorbek Meliboyev, Jo‘rabek Qodirov, Izzatbek Qo‘qonov, Shukurillo Rasulov, Xushnudbek Parpiyev hamda tumanimizning iste’dodli san’atkorlari o‘zlarining dilbar kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi.
🎶 Musiqa, kuy-qo‘shiqlar va yorqin sahna chiqishlariga boy gala-konsert minglab tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Yoshlar bilan birga nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ham tadbirda faol ishtirok etib, Yangi O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasiga guvoh bo‘lishdi.
🇺🇿 Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tantanali tadbir barchaga unutilmas taassurotlar ulashib, Vatanga sadoqat, birlik va kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.









