🌏 Hamkorlik sari yangi qadam
2026-06-27 10:15:00 / Yangiliklar

Bugun Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov hamda tuman hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Ro‘zaliev xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tumanda yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, investitsiyalarni jalb etish va sanoatni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur hamkorlik istiqbolda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
🤝 Rishton — investitsiya, hamkorlik va taraqqiyot sari dadil odimlamoqda.








