🥋 Yosh polvonlar Bosh prokuror kubogi uchun bellashdi
2026-06-25 17:25:00 / Yangiliklar

🎉 Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabida "Besh tashabbus" doirasida milliy kurash bo‘yicha Bosh prokuror kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.
🤼♂️ Musobaqada tumanning turli mahallalaridan kelgan yosh polvonlar o‘zaro kuch sinashib, milliy sportimizga bo‘lgan qiziqish va mahoratlarini namoyish etdilar.
🏆 Bahslar yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
🇺🇿 Bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.




