RISHTONDA YOSHLAR UCHUN YANGI SPORT MASKANI OCHILDI
2026-06-11 15:05:00 / Yangiliklar

Mazkur hududdagi 17-maktabda tashabbusli budjet loyihasi doirasida barpo etilgan zamonaviy sport zalining tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
Unda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov hamda boshqa mas’ul rahbarlar ishtirok etdilar.
Tadbirda mahalla nuroniylari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashib, yangi sport inshootining ochilishiga guvoh bo‘ldilar.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan tuman hokimi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tashabbusli budjet loyihalari orqali aholi ehtiyojlarini qondirish borasida olib borilayotgan ishlar alohida ta’kidlandi.
Yangi sport maskani kelgusida yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni kashf etish hamda mahallada sog‘lom muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.




