Tuman hokimi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi
2026-05-25 14:55:00 / Yangiliklar

Rishton tumanidagi barcha ta’lim muassasalarida dillarga o‘zgacha shukuh, qalblarga olam-olam hayajon baxsh etuvchi, bir umr yodda qoladigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Ana shunday tadbirlardan biri tumanimizdagi 30-sonli umumta’lim maktabida tashkil etildi. Maktab bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining yo‘llagan tabrigi ular qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Tuman hokimi Bahodir Xoliqov mazkur ta’lim maskanida “Yuksak ma’rifatli avlod — uchinchi renessans poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, u yoshlar bilan suhbatlashib, ularning orzu-intilishlari va kelajakdagi maqsadlari bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir davomida bir guruh o‘qituvchi va o‘quvchilarga faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar topshirildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar hamda ustozlar bitiruvchilarni muborakbod etib, ularning kelgusi o‘qish va ishlariga omad hamda zafarlar tiladilar.
Rishton tumani hokimligi Axborot xizmati







