🤝 Rishton tumani hokimi xitoylik investorlar bilan uchrashdi
2026-05-12 17:20:00 / Yangiliklar
Bugun Rishton tumani hokimi xitoylik investorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi hamda agrotexnologiyalar yo‘nalishidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Xususan: 🌾 paxta-g‘alla sohasida begona o‘tlarga qarshi kurashish,
🧪 kimyoviy dorivor vositalar ishlab chiqarish,
💧 tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish va investitsion hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, bunday hamkorliklar hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda agrar sohada innovatsion yondashuvlarni keng tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌍 Hamkorlik va investitsiya — taraqqiyot sari muhim qadam!





