Rishton tumanida Gold Wing xususiy maktabi ochildi
2026-05-07 15:55:00 / Yangiliklar
Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan Rishton tumani Chek Jalayer va Yangi avlod mahallalari hududida zamonaviy ta’lim talablariga to‘liq javob beradigan yangi xususiy ta’lim maskani — Gold Wing maktabi o‘z faoliyatini boshladi. Maktab ochilish tadbiri tantanali ravishda o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Bahodirjon Xoliqov, tuman prokurori Rashidbek Mehmonov, tuman IIB boshlig‘i Shavkatjon Mavlonov, maktab pedagoglari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.
Mehmonlar maktab ochilishi munosabati bilan o‘quvchilarga samimiy tabriklar bildirib, ularning ilmga chanqoq, mustaqil fikrlaydigan va vatanparvar avlod bo‘lib kamol topishlarini tiladilar.
Mirzohid Ismoilov tomonidan tashkil etilgan Gold Wing xususiy maktabi zamonaviy sinf xonalariga ega bo‘lib, yoshlar uchun yuqori sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratadi.
Mazkur ta’lim maskani kelajak egalari bo‘lgan yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.







