Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv
2026-04-23 16:40:00 / Yangiliklar

Mazkur uchrashuvda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda Rishton tumanining eksport salohiyatini yanada kengaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Ma’lumki, Rishton tumani o‘zining boy kulolchilik an’analari bilan nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham tanilgan. Shu bois yaponiyalik tadbirkorlar hududning ushbu salohiyatiga alohida qiziqish bildirib, kulolchilik mahsulotlarini Yaponiya bozoriga eksport qilish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni xorijiy bozorlarga olib chiqish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha ham aniq takliflar ilgari surildi.
Tadbirkorlar tomonidan Rishton tumanida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish borasida ham tashabbuslar bildirildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, investitsiya muhitini yaxshilash va istiqbolli loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, kelgusida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Ta’kidlash joizki, bunday xalqaro uchrashuvlar hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, eksport hajmini oshirish, zamonaviy ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shubhasiz, Rishton tumanida amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar hududning investitsion jozibadorligini oshirib, uni xalqaro hamkorlik maydoniga faol olib chiqishga xizmat qiladi.





